Rossiyada ishlab chiqarilgan Il-114-300ning birinchi parvozi sentabrda amalga oshishishi mumkin

Obuna bo‘lish
Rossiyada ilk Il-114-300 samolyotlarini yig‘ish fevral oyida boshlangan edi. Birinchi samolyot 2020-yilda havoga ko‘tarilishi, seriyali ishlab chiqarish esa 2021-yildan boshlanishi rejalashtirilgan.

TOShKENT, 9-iyul - Sputnik. Rossiya sanoat va savdo vazirligi birinchi tajribali Il-114 yo‘lovchi samolyoti parvozini sentabr oyi oxirida kutmoqda, dedi yig‘ilish davomida vazir o‘rinbosari Oleg Bocharov RIA Novostiga.

“Il-114 ga kelsak ... Biz sentabr oyi oxirida tajriba samolyotining birinchi parvozini amalga oshiramiz”, - dedi Bocharov. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada ilk Il-114-300 samolyotlarini yig‘ish fevral oyida boshlangan. Birinchi bort 2020-yilda havoga ko‘tarilishi, Il-114-300ning seriyali ishlab chiqarilishi esa 2021-yildan boshlanishi xabar qilingan edi. Har yili RF korxonalari ushbu samolyotlarning 12 tasini yig‘ishi rejalashtirishmoqda.

Il-114-300 - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada Il-114-300 samolyotlarini seriyali yig‘ish boshlandi

Il-114 konstruktorlar tomonidan 1980-chi yillarda ishlab chiqilib, Toshkent mexanika zavodida (sobiq TAPOiCh) ishlab chiqarilgan. Jami 17 ta samolyot ishlab chiqarildi, ulardan yettitasi “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi tomonidan 2018-yilgacha foydalanilgan. 2012-yilda korxona yo‘nalishini o‘zgartirganligi sababli ishlab chiqarish to‘xtatilgan.

2017 yilda Rossiya prezidenti Vladimir Putin RF sanoat quvvatlarida istiqbolli mintaqaviy samolyotlarni seriyali ishlab chiqarishni qayta tiklash masalasini ishlab chiqish topshirig‘ini bergan.

Bosh vazir o‘rinbosari Dmitriy Rogozin Toshkentga tashrifi davomida ushbu yo‘nalishdagi hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib bordi. Moskva, shuningdek, keyinchalik ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun samolyotning qolgan fuzelyajlarini sotib olishga qiziqish bildirgan.

Yangiliklar lentasi
0