Olimlar COVIDga immunitet borasida hayratlanarli xulosaga kelishdi

© REUTERS / Amir CohenLaborant smotrit v mikroskop vo vremya demonstratsii pervogo v mire jivogo serdsa, napechatannogo na 3D-printere, Tel-Aviv, Izrail
Laborant smotrit v mikroskop vo vremya demonstratsii pervogo v mire jivogo serdsa, napechatannogo na 3D-printere, Tel-Aviv, Izrail - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
G‘arb olimlari, koronavirus immuniteti kasallik yengil kechgan bemorlarda vaqt o‘tishi bilan yo‘qolib ketishi mumkinligini aniqlashdi.

TOShKENT, 8-iyul - Sputnik. COVID-19 kasallanib chiqqan ba’zi bemorlarda vaqt o‘tishi bilan tanasida antitanachalar yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Bunday hulosaga Ispaniya milliy epidemiologiya markazi mutaxassislari boshchiligidagi xalqaro olimlar guruhi keldi, deya xabar beradi RadioSputnik “Biznes Online”ga asosan.

Olimlar o‘tkazgan tadqiqot davrida Ispaniyaning 61075 aholisi antitanachalarga  test topshirdi, ba’zilariga esa mikrozarrachalarga xemilyuminessent immunotahlil yordamida sinovlar o‘tkazildi. The Lancet tibbiy jurnalida chop etilgan tajriba natijalariga ko‘ra, Ispaniya pandemiyadan eng ko‘p aziyat chekkan mamlakatlardan biri bo‘lishiga qaramay, bemorlarning atigi 4,6-5,2 foizida antitanachalar ishlab chiqilgan.

Gospital COVID-19 FKS VMT FMBA RF - Sputnik O‘zbekiston
Hindistonda COVID-19 ga qarshi antitanachalarni tezlikda aniqlaydigan analiz yaratildi

Bundan tashqari, ilgari antitanachalari aniqlangan bo‘lgan bemorlarning 14 foizida, ikki oy o‘tgach, ular topilmadi. Ko‘pincha antitanachalar, COVID-19ning yengil shaklini yoki umuman alomatsiz o‘tkazgan odamlarda yo‘qoladi. Reding Universitetining virusologiya professori Ien Djonsning tushuntirishicha, kasallik alomatsiz kechishida organizm “immunologik xotirani” yaratishga qodir emas. Unga ko‘ra, antitanachaga testning ijobiy natijasi bo‘lgan bemorlar yana infeksiyaga chalinishi mumkin.

Shu bilan birga, olimlar immunitet shakllanishi bilan geografik joylashuv o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqladilar: katta megapolislar hududida antitanachalari bor odamlarning nisbati mos ravishda 10% va 7% dan oshdi, ammo dengiz bo‘yida yashovchi aholisi orasida bu 3% dan kam chiqdi.

Tadqiqotda aytilishicha, tibbiyot hodimlarida antitanachalar oddiy odamlarnikidan ikki marotaba ko‘proq aniqlangan. Hammadan kamroq - 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarda. Qonida antitanachalari aniqlanganlarning uchdan biri alomatlarsiz og‘rigan, shuningdek mutaxassislar, kasallanish va jins o‘rtasidagi bog‘liqlikni ham aniqlamadilar.

Mutaxassislar koronavirus vaksinasi immunitet tizimining tezkor reaksiyasini keltirib chiqarishi uchun yetarlicha kuchli bo‘lishi kerak, degan xulosaga kelishdi, aks holda odamlar muntazam ravishda inyeksiya qilishlari kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, infeksiyaga qarshi kurashda kollektiv immunitetning shakllanishiga tayanib bo‘lmaydi, chunki ba’zi davolanib chiqqanlar yana yuqtirishi mumkin.

Avvalroq Sputnik radiosi olimlar koronavirusning miya ishiga ta’sirini aniqlaganini xabar qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0