Xitoy va Yaponiyadagi ikkinchi to‘lqin: nega dunyo COVID-19dan qutulolmayapti?

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishUsilenie sanitarno-karantinnogo kontrolya v aeroportax
Usilenie sanitarno-karantinnogo kontrolya v aeroportax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoy va Yaponiyada koronavirusning yangi avj olishi xavfli infeksiyani to‘htatib turish qobiliyati muammosini aks ettiradi va pandemiya tugashi hali ham juda uzoqda ekanligini eslatib turadi.

TOShKENT, 9-iyul - Sputnik. Koronavirus yana Osiyoning ba’zi regionlarida kuchaymoqda, deb yozadi Bloomberg biznes axborotlar agentligi.

Puteshestvenniki v ocheredi vozle jeleznodorojnoy stansii Xankou, Kitay - Sputnik O‘zbekiston
Qaysi joylarda koronavirusni yuqtirib olish xavfi yuqoriroq

Shu bilan birga Gonkong va Tokio Avstraliya poytaxti Melburnda karantin e’lon qilinganidan bir necha kun o‘tgach, COVID-19 rekord darajada avj olganligi haqida e’lon qildi.

Osiyo shaharlarida koronavirusning "jonlanishi" bir necha haftalik normal hayotdan so‘ng qayd etildi, odamlar ofislarga, restoranlarga esa yana tashrif buyuruvchilar uchun eshiklarini ochdi.

"Kasallikning avj olishi koronavirus pandemiyasining tugashiga hali ancha vaqt borligini eslatadi. Samarali va ommaviy emlatishsiz, shaharlar noaniq holatda qolishi mumkin, ijtimoiy masofani qisqartirilishi esa yangi nazoratga olib bo‘lmaydigan kasallanishlarga olib keladi", - deyiladi maqolada.

Bloomberg ga ko‘ra, olimlar hanuz koronavirusning bir necha hafta davomida jim va alomatsiz tarzda tarqalish qobiliyatini o‘rganisholmayapti. Ba’zi mutaxassislar infeksiya havoda bir necha soat davomida "omon qolishi" mumkin deb taxmin qilishmoqda.

Vo vsex rinkax pri vxode ustanovleni dezinfeksionnie tunneli dlya posetiteley - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus Markaziy Osiyoda: Qirg‘iziston qurbonlar soni bo‘yicha Tojikistonni ortda qoldirdi

"Virus bizni tark etmaydi. U butunlay yo‘q bo‘lib ketmaydi va uzoq vaqt davomida nol darajasida bo‘lolmaydi. Jamiyat yana iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatni cheklashi kerak, aks holda infeksiyaga yangi chalinishlar muqarrar", - dedi Gonkong oziq-ovqat va sog‘liqni saqlash vaziri Sofiya Chan.

Gonkongda koronavirusning yangi holatlari kelib chiqishini nazorat qilib bo‘lmayapti. Taxminlarga ko‘ra, infeksiyaning yashirin manbalari regionda restoran, savdo markazlari, barlar ochilib, aholining ko‘pchiligi maskalardan bosh torgandan keyin ma’lum vaqtgacha sirkulyatsiya qilgan. Bu mahalliy hokimiyat pandemiya paytida kasallikning avj olishini ikki marta bostirishga muvaffaq bo‘lgan bir sharoitda yuz bermoqda.

Yaponiyani ham koronavirusga qarshi muvaffaqiyatli choralar tufayli o‘rnak qilib ko‘rsatishmoqda. Biroq Tokioda amaldorlar virusning takroriy avj olishida karantin vaqtida ham hatto majburan yopishning iloji bo‘lmagan tungi klublarni ayblashmoqda.

"Biz to‘liq qurollangan bo‘lishimiz kerak. Mahalliy avjlanishlarni to‘xtatishning eng yaxshi usuli - cheklov choralari yengillashtirilgan taqdirda ham, ijtimoiy masofani saqlashdir", - deydi ishonch bilan Gonkong shahar universiteti jamoat salomatligi bo‘yicha mutaxassisi, dotsent Nikolas Tomas.

Yangiliklar lentasi
0