Rossiyada avto-jarimalar miqdorini oshirish taklif qilindi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVoditel v avtomobile
Voditel v avtomobile - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada avtomobil jarimalari miqdorini oshirish taklif qilindi. Endi RFda haydovchi qizil chiroqqa yurgani uchun va qasddan soxta raqamlarni o‘rnatganiga qancha pul to‘lashi kerak.

TOShKENT, 10-iyul - Sputnik. Umumrossiya Xalq fronti (ONF) haydovchilar uchun belgilangan jarimalar miqdorini besh baravarga oshirishni taklif qildi, deb ma’lum qildi RIA Novosti'ga “Avtomobil haydovchilarining huquqlarining himoyasi” ishchi guruhi rahbari Petr Shkumatov.

Samolet Airbus-320. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya 13 ta mamlakatga parvozlarni qayta tiklashga tayyor: O‘zbekiston ro‘yxatda bormi

“Hozirda Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksga asosan qizil chiroqqa harakatlanish uchun jarima ming rublni tashkil etadi. Takroriy qoidabuzarlikda besh minggacha ko‘tariladi, yoki to‘rt oydan olti oygacha haydash huquqidan mahrum qilish unga alternativa bo‘lishi mumkin”, - deyilgan ma’lumotda.

Qasddan soxta raqamlarni o‘rnatish uchun ham ekspertlar huddi shu miqdordagi mablag‘ni undirishni tavsiya qiladilar. Hozirda bu uchun jarima 2,5 ming rubldan oshmaydi.

Shu bilan birga, ONF ifloslangan raqamlar uchun jarimani kamaytirishga va ko‘chada ob-havo yomon bo‘lsa ogohlantirish bilan kifoyalanishga chaqirmoqda.

Shuningdek, ekspertlar mast velosipedchilarga besh ming rubl miqdorida jarima qo‘llashni tavsiya qilishdi.

Bundan tashqari, tezlikni oshirganlik uchun jarimalarni o‘zgartirish taklif etilmoqda: aholi yashash punktlarida tezlik meyordan soatiga 40-60 kmga ortiq bo‘lsa, 2,5 ming rubl, takroriy qoidabuzarlik uchun 5 ming jarima undirish taklif etilmoqda.

Ikkala holatda ham haydovchilik guvoxnomasidan mahrum qilish ko‘zda tutilmagan.

Aholi yashash punktlaridan tezlikni meyordan soatiga 60 km dan ortiq tezlikda harakatlanish uchun ekspertlar 5 ming rubl miqdorida jarima solishni yoki 4 oydan 6 oygacha haydash huquqidan mahrum qilishni, takroriy qoidabuzarliklar uchun - 15 ming yoki bir yilga haydash huquqlaridan mahrum qilishni taklif qildilar.

Aholi yashash punktlaridan tashqarida tezlik meyordan 40-60 km/soatga oshirilsa, ONF 2,5 ming rubl, 60 km/soatdan ko‘prog‘iga - 5 ming rubl miqdorida jarima ko‘llashni taklif qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0