Suriyada portlash oqibatida 3 nafar Rossiya harbiysi jarohatlandi 

© Press-slujba Minoboroni RF / Mediabankka o‘tishRossiya i Tursiya proveli sovmestnoe patrulirovanie v Sirii
Rossiya i Tursiya proveli sovmestnoe patrulirovanie v Sirii  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suriyada patrul harakatlanish yo‘nalishida qo‘lbola bomba portlatilishi oqibatida Rossiya va Turkiya askarlari jarohatlandi.

TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Suriyaning Erixa aholi punkti yaqinida, rus-turk patruliga harakatlanish yo‘nalishida qo‘lbola bomba portlatildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. 

"Portlash oqibatida 3 nafar rossiyalik harbiylar jarohatlandi, Turkiya ekipaji ham zarar ko‘rgan", - deyilgan xabarda.  

Ayni damda patrul nazorati to‘xtatilgan, barcha yaradorlar va shikastlangan texnika evakuatsiya qilindi. Rossiyalik harbiylar Xmeymim aviabazasiga olib kelingan. Suriyadaga Rossiya kuchlari qo‘mondonligi Turkiya harbiy rahbariyati bilan birgalikda ushbu portlashda Idlibda faoliyat olib borayotgan jangarilarning ushbu hodisaga aloqadorligini tekshirmoqda.

Biroz oldin Suriya harbiylari Rakka viloyatida bir guruh jangarilarni qo‘lga olgani haqida xabar berilgan edi. Ma’lum bo‘lishicha jangarilar "Magavir as-Saura" guruhiga mansub bo‘lib ularning asosiy vazifasi Rossiya va Eron qurolli kuchlari haqida ma’lumot to‘plash bo‘lgan, lekin yo‘lda ular minalashtirilgan maydonga duch kelib, guruh boshlig‘i va yo‘l boshlovchidan mahrum bo‘lishgan, keyin Suriya harbiylariga asirga tushishgan. 

 

Yangiliklar lentasi
0