"Gonkong avtonomiyasi" Xitoy va AQSh munosabatlarini keskinlashtirmoqda

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishGosudarstvennie flagi KNR i Gonkonga na territorii kompleksa pravitelstvennix zdaniy.
Gosudarstvennie flagi KNR i Gonkonga na territorii kompleksa pravitelstvennix zdaniy. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoy AQShda "Gonkong avtonomiyasi to‘g‘risida"gi qonun qabul qilinishini qoralaydi va AQShning tegishli fuqarolari va tashkilotlariga nisbatan sanksiyalar qo‘llashni rejalashtirmoqda, deyiladi XXR TIV bayonotida.

TOShKENT, 15-iyul - Sputnik. AQSh Gonkong bilan munosabatlardagi imtiyozlar yoki farqlarni to‘xtatib turadi yoxud bekor qiladi, shu jumladan, Gonkong pasporti egalarini Xitoy fuqarolari bilan bir qatorda ko‘rib chiqadi, deyiladi AQSh prezidenti Donald Tramp imzolagan farmon matnida. Hujjat Oq uy tomonidan tarqatilgan.

Sotrudniki politsii puskayut slezotochiviy gaz vo vremya protestov v Gonkonge - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy AQShga Gongkongga qarshi sanksiyalar "kiritib ko‘rishni" taklif etdi

"Men farmon beramanki ... Gonkongga nisbatan kechayotgan vaziyat, shu jumladan, XHRning Gonkong avtonomiyasini tubdan buzish bo‘yicha harakatlari, AQSh havfsizligi, tashqi siyosati va iqtisodiyoti uchun AQSh tashqarisidagi mutlaq va favqulodda havf manbasisidir. Bu farmon orqali ushbu tahdidga nisbatan favqulodda vaziyatni e’lon qilaman”, - deyiladi hujjatda.

Tramp AQSh endi Gonkong bilan munosabatlardagi imtiyozlar va farqlarni to‘xtatib turishini yoki bekor qilishini e’lon qildi. Xususan, Gonkong va Xitoy pasport egalariga nisbatan farqlashlar bekor qilinadi, Gonkongga eksport nazorati obyekti bo‘lgan mahsulotlar eksportida litsenziyalardagi istisnolar bekor qilinadi. Farmon AQShning ekstraditsiya to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimni to‘xtatib qo‘yish niyatida ekanligini, shuningdek, mahkumlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi kelishuvdan voz kechish niyatida ekanligi to‘g‘risida Gonkongni xabardor qilishni talab qiladi.

Shuningdek, hujjat Gonkong politsiyasining AQShda o‘qitishni to‘xtatish, Davlat Departamentining Xitoy va Gonkong bilan ta’lim va madaniy almashinuv dasturini bekor qilishini hamda Gonkonglik boshpana izlovchilarning ruxsat etilgan sonini ko‘rib chiqishni ko‘zda tutadi.

Goroda mira. Pekin - Sputnik O‘zbekiston
Hoziroq bas qiling. Xitoy chetdan turib Gonkong ishlariga aralashmaslikni talab qilmoqda

Avvaliga Gonkong avtonomiyasi to‘g‘risidagi qonun Vakillar palatasi tomonidan qabul qilingan, iyul oyi boshida esa AQSh Senati tomonidan qabul qilinib, prezidentga imzoga yuborilgan. Hujjatda 1984-yildagi Britaniya-Xitoy deklaratsiyasini va Xitoyning maxsus ma’muriy hududi sifatida Gonkongning pozitsiyasini belgilaydigan asosiy qonunni buzgan xorijiy shaxs va kompaniyalarga qarshi sanksiyalar qo‘llanilishi ko‘zda tutilgan.

Qonun kuchga kirganidan 90 kundan kechikmay, AQSh Davlat kotibi kongressni ushbu qoidalarni buzgan shaxslar haqida xabardor qilishi kerak. Keyin, bir yil muddatdan kechikmay, prezident ushbu shaxslarga va ular bilan bog‘liq tashkilotlarga nisbatan AQSh yurisdiksiyasidagi barcha aktivlar va ko‘chmas mulkni muzlatib qo‘yishni, shuningdek, bunday shaxslar bilan har qanday moliyaviy operatsiyalarni va AQShga kirishni taqiqlashni ta’minlaydigan sanksiyalarni joriy qilishi kerak. Shuningdek, qonunda sanksiyalarni olib tashlash va jismoniy shaxslar va tashkilotlarni sanksion ro‘yxatdan chiqarib tashlash mexanizmi ham ko‘zda tutilgan. Hujjatda alohida ta’kidlanishicha, uning hech bir tartibi "Xitoyga qarshi harbiy kuch ishlatishga ruxsat" sifatida talqin etilishi mumkin emas.

Kitayskiy flag na bashne v Kashgare, Sinszan-Uygurskiy avtonomniy rayon, Kitay - Sputnik O‘zbekiston
Qilmishga yarasha javob: Xitoy AQSh amaldorlariga qarshi javob sanksiyalari kiritdi

Xitoy AQShda "Gonkong avtonomiyasi to‘g‘risida"gi qonun qabul qilinishini qoralaydi va AQShning tegishli fuqarolari va tashkilotlariga nisbatan sanksiyalar qo‘llamoqchi, deyiladi XXR TIV saytidagi bayonotda.

"AQSh qonun loyihasi Gonkong milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonunini qasddan qoralaydi, Xitoyga qarshi sanksiyalar kiritish bilan tahdid qiladi, xalqaro huquni va xalqaro munosabatlarning asosiy meyorlarini jiddiy ravishda buzadi, Gonkong va Xitoyning ichki ishlariga qo‘pol aralashishdir. Xitoy hukumati buni keskin qoralaydi va qat’iy qarshilik bildiradi", - deyiladi vazirlik bayonotida.

Ta’kidlanishicha, "Xitoy o‘z qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun zarur javob choralarni ko‘radi va bunga (qabul qilinishiga-tahr.) qarshi bo‘lgan AQSh fuqarolari tashkilotlariga nisbatan sanksiyalarni qo‘llaydi".

Bundan tashqari, Xitoy TIV bayonotiga ko‘ra, Pekin Gonkong ishlariga tashqi aralashuvga qarshi turishga tayyor, milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonunini amalga oshirishga AQShning to‘sqinlik qilishiga har qanday urinishlari barbod bo‘ladi.

Gosudarstvennie flagi KNR i Gonkonga na territorii kompleksa pravitelstvennix zdaniy. - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy AQShga qarshi: chaqiriq qabul qilindi

Ta’kidlanishicha, Xitoy tomoni AQShni "o‘z xatolarini tuzatib, "Gonkong avtonomiyasi to‘g‘risida"gi qonunni qabul qilmaslikka, Xitoyning ichki ishlariga, shu jumladan Gonkong ishlariga aralashishni to‘xtatishga" chaqirmoqda.

"Agar AQSh o‘z pozitsiyasidan qaytmasa, Xitoy javob berishi muqarrar", - deya ta’kidlanadi vazirlikda.

Xitoy parlamenti tomonidan ma’qullangan, Gonkong milliy xavfsizligini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun, 30-iyun kuni kuchga kirdi. Qonunda Gonkongda sodir etiladigan to‘rt turdagi jinoyatlarning oldini olish, bartaraf etish va jazolash qoidalari belgilangan, jumladan, separatistik faoliyat, davlat hokimiyatini to‘ntarishga urinishlar, terrorchilik faoliyati, milliy xavfsizlikka xavf tug‘dirish maqsadida xorijiy davlatlar yoki chet elda joylashgan xorijiy kuchlar bilan til biriktirish. Qonun Gonkong hukumatga qarshi kuchlari va G‘arbning bir qator rasmiylari orasida noroziliklarga sabab bo‘lib, ular unda Pekinning avtonomiya ustidan nazoratni kuchaytirish istagini payqashdi. Pekin bir necha bor Gonkong masalasi – Xitoyning ichiki masalasi ekanligini ta’kidlagan.

Yangiliklar lentasi
0