Aliyev Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi vaziyatga sharh berdi

© Ofitsialniy sayt prezidenta AzerbaydjanaPrezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev
Prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Boku ma’lumotiga ko‘ra, 11 nafar ozarbayjon harbiylari, jumladan general halok bo‘lgan. Arman tomoni to‘rt nafar ofitser halok bo‘lgani va o‘n nafar harbiy jarohatlangani haqida ma’lum qildi. Ikkala tomon otishma uchun javobgarlikni bir-biriga yuklamoqda.

TOShKENT, 16-iyul – Sputnik. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev tog‘li qorabog‘ mojarosini bartaraf etish bo‘yicha puch muzokaralar ozarbayjon xalqining joniga tegganini ma’lum qildi, u vositachilar buni tushunib yetishlari lozimligini aytdi.

Zdanie MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
TIV Ozarbayjon-Armaniston chegarasidagi vaziyatdan jiddiy tashvishda ekanligini bildirdi

"Bu ma’nosiz muzokaralar ozarbayjon xalqining joniga tegdi. Shu bois, ushbu masala bilan shug‘ullanayotganlar va shu kunlarda o‘z vositachilik takliflarini ilgari surayotganlar bu haqda o‘ylashsin, ozarbayjon xalqining sabri bepoyon emas... Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi qayta tiklanishi shart, va bizning bu masaladagi fikrimiz qat’iydir", - dedi Aliyev Ozarbayjonning birinchi yarim yillikdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ag‘ishlangan vazirlar mahkamasi yig‘ilishida. Prezident so‘zlaridan "Azertadj" davlat agentligi iqtibos keltirgan.

Ozarbayjon prezidenti "hech kimga Ozarbayjondagi voqealarni rivojlantirishga maslahat bermasligini" aytdi. "Bunga ehtiyoj yo‘q. Bu ziyon yetkazishi mumkin. Biz qachon, nima va qanday qilish kerakligini bilamiz", - degan Aliyev.

Qorabog‘ mojarosi 1988-yilning fevralida, Tog‘li-Qorabog‘ avtonom viloyati o‘zining Ozarbayjon SSR tarkibidan chiqishi haqida e’lon qilganida boshlangan edi. 1992-1994 yilgi qurollangan qarama-qarshilik davomida Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘ va unga qarashli yettita tuman ustidan nazoratni boy bergan. 1992-yildan buyon OBSEning Minsk guruhi doirasida - hamraislar - Rossiya, AQSh va Fransiya boshchiligida mojaroni tinch yo‘l bilan bartaraf etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazib kelinadi.

Generalniy sekretar Organizatsii Obyedinennix Natsiy (OON) Antoniu Guterresh - Sputnik O‘zbekiston
Guterrish Armaniston-Ozarbayjon chegarasida harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi

Yakshanba, 12-iyul kuni Ozarbayjon va Armaniston chegarasida –Gruziya va mos ravishda Tavush viloyati bilan chegaradosh Tovuz tumanida - tan olinmagan, vaziyati tinch turgan Tog‘li Qorabog‘dan bir necha yuz kilometr narida harbiy to‘qnashuvlar ro‘y berdi. Otishma joyida - Movses qishlog‘i yaqinida - harbiy postlar joylashgan.

Boku ma’lumotiga ko‘ra, 11 nafar ozarbayjon harbiylari, jumladan general halok bo‘lgan. Arman tomoni to‘rt nafar ofitser halok bo‘lgani va o‘n nafar harbiy jarohatlangani haqida ma’lum qildi. Ikkala tomon otishma uchun javobgarlikni bir-biriga yuklamoqda.

Qator mamlakatlar, shu jumladan, O‘zbekiston TIV, va xalqaro tashkilotlar Armaniston-Ozarbayjon chegarasidagi vaziyatdan tashvishda ekanliklarini bildirdilar va tomonlarni muloqotga chorladilar. RF TIV Boku va Yerevanga vaziyatni barqarorlashtirishda yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi. OBSE ikkala tomonni zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi.

Yangiliklar lentasi
0