“Sputnik V” vaksinasining birinchi partiyasi keng muomalaga chiqarildi

© Sputnik / AFK Sistema / Mediabankka o‘tishProizvodstvo vaksini ot COVID-19 na farmatsevticheskom zavode "Binnofarm"
Proizvodstvo vaksini ot COVID-19 na farmatsevticheskom zavode Binnofarm - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, vaksina barcha zaruriy laboratoriya sinovlaridan o‘tgan va yaqin kunlarda Rossiya mintaqalariga yetkazib beriladi.

TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasining birinchi partiyasi keng muomalaga chiqarildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Rossiya SSV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yaqin kunlarda u Rossiya mintaqalariga yetkazib beriladi.

Pervaya v mire vaksina ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Javoblar va savollar: Rossiya vaksinasi tanqidchilariga

Ta’kidlanishicha, vaksina barcha zaruriy laboratoriya sinovlaridan o‘tgan.

Avgust oyida Rossiyada dunyoda birinchi bo‘lib Gamaleya nomidagi markaz tomonidan yaratilgan COVID-19 ga qarshi vaksina ro‘yxatga olindi va u “Sputnik V” deb nomlandi.

Vaksinani sinash jarayonida ishtirokchilarning yuz foizida immun javobi hosil bo‘ldi va ularda nojo‘ya asoratlarni keltirib chiqmadi.

Shu bilan birga, emlangan ko‘ngillilardagi antitanachalar darajasi kasallanganlarga qaraganda 1,4-1,5 barobar ko‘p bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0