Putin va Lukashenko bugun Sochida uchrashadi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin provel peregovori s prezidentom Belorussii A. Lukashenko v Sochi
Prezident RF V. Putin provel peregovori s prezidentom Belorussii A. Lukashenko v Sochi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenko 14-sentabr kuni Sochida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda ikki tomonlama munosabat va strategik sheriklikni rivojlantirishning asosiy masalalarini muhokama qiladilar.

TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Rossiya va Belorussiya prezidentlari Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenko 14-sentabr kuni Sochida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlar va strategik sheriklikni rivojlantirishning asosiy masalalarini muhokama qiladilar, deb xabar qildi Kreml matbuot xizmati.

"Savdo-iqtisodiy, energetika, madaniy-gumanitar sohalarda yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga, shuningdek, Ittifoq davlat doirasidagi integratsion jarayonlarni rivojlantirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratish rejalashtirilgan", - deyilgan xabarda.

Rossiya-Belorussiya munosabatlari ittifoqchilik hamkorlik xususiyatiga ega: tomonlar 1999-yil 8-dekabrda Ittifoq davlatini tashkil qilish to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar.

Belorusiya Rossiyaning strategik ittifoqchisidir. Bu Rossiya Federatsiyasining tashqi siyosiy konsepsiyasida mustahkamlangan bo‘lib, unda Minsk bilan strategik hamkorlikni kengaytirish yo‘nalishi mintaqaviy ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida tasdiqlangan.

Oliy va yuqori martabali rahbarlar ikki tomonlama muloqotlarning yuqori dinamikasi Rossiya uchun Belorussiya ustuvor yo‘nalish ekanligini dalolat bermoqda. Xususan, 2019-yilda Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenko o‘rtasida 11-marta, hukumat rahbarlari esa 12-marta uchrashuv va muloqot o‘tkazdilar.

Yangiliklar lentasi
0