Yana bir mamlakat Rossiya bilan chegaralarini ochdi

© Sputnik / Ada BagianGerb i Flag Yujnoy Osetii
Gerb i Flag Yujnoy Osetii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
15 sentabrdan boshlab Janubiy Osetiya va Rossiya o‘rtasidagi davlat chegarasini kesib o‘tish mumkin. 1-aprelda kiritilgan taqiq bekor qilindi.

TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Janubiy Osetiya 15-sentabrdan Rossiya bilan davlat chegarasini kesib o‘tishni qayta tiklamoqda. Bu haqda Janubiy Osetiya hukumati saytida xabar qilindi.

O‘zbekiston Qozog‘iston bilan muntazam aviaqatnovlarni rasman tikladi

Hukumat qaroriga muvofiq, 15-sentabrdan boshlab Janubiy Osetiya va Rossiya o‘rtasidagi davlat chegarasini “Ruk” nazorat o‘tkazish punkti orqali kesib o‘tish odatdagi tarzda faoliyat yuritadi.

Shuningdek, mamlakatda koronavirus tufayli joriy qilingan cheklovlarning aksariyati bekor qilinadi. Mamlakatga kelayotganlar uchun ikki haftalik majburiy karantin ham bekor qilinmoqda.

Janubiy Osetiya Rossiya bilan chegaralarini koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida 1-aprel kuni yopgan edi.

Yangiliklar lentasi
0