Rossiya qiruvchilari AQSh bombardimonchisini chegaradan haydab yubordi

Obuna bo‘lish
Rossiya qiruvchilari AQSh strategik bombardimonchi samolyotini Bering va Oxota dengizlari bo‘ylab kuzatib qo‘yishdi.

TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Rossiya qiruvchilari AQSh strategik bombardimonchi samolyotini Bering va Oxota dengizlari bo‘ylab kuzatib qo‘yishdi. Bu haqda RIA Novosti'ga Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi xabar qildi.

Rossiya havo hududini nazorat qilish tizimlari davlat chegarasiga yaqinlashayotgan obyektni aniqladi. Samolyotni to‘xtatish uchun Rossiyaning MiG-31 va Su-35s qiruvchilari osmonga ko‘tarildi.

Rossiya qiruvchilarining ekipajlari havo nishoni sifatida – AQSh HHKga qarashli B-1V Lancer strategik bombardimonchisi ekanligini aniqladilar.

Rossiya qiruvchilari xorijiy davlat samolyotini kuzatib qo‘ygandan so‘ng, aerodromga qaytib keldilar.

Yangiliklar lentasi
0