Uchta o‘rdak o‘ta xavfli yo‘lbars ilonni ko‘ldan quvib yubordi – foto

Obuna bo‘lish
Avstraliya parkida uchta o‘rdak ilonni ko‘ldan haydab yubordi. Bu holat aks etgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Avstraliyaning Pert shahri yaqinida joylashgan ko‘ngilochar parkda uchta o‘rdak yo‘lbars ilonni ko‘ldan quvib yuborishdi, deb xabar qildi Daily Mail.

Yovvoyi tabiat suratchisi Tim Kemp ko‘lda zaharli ilon uchta o‘rdak yoniga yaqinlashayotgani ko‘radi. U qushlarga hujum qilmoqda, deb uyladi. Ammo ular birlashib, ilonni o‘z hududidan qirg‘oq tomon haydab yuborishdi.

"Men avval hech qachon shunga o‘xshash holatni ko‘rmaganman. O‘rdaklar hech narsa xavf solmayotgani bilgan, deb o‘ylayman. Ularning u yerda uyalari yo‘q edi. Bundan tashqari, bu qushlar ilon uchun juda katta o‘lja. Nazarimda, ularning kuchi qurbaqa, baliq va kichikroq qushlarga yetadi", - dedi Tim.

Yo‘lbars ilonlarning uzunligi ikki metrgacha bo‘lishi mumkin. Ularning zahri bir zumda mayda hayvonlarni o‘ldirishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0