COVID’ga qarshi vaksina uchun qancha akula o‘ldirilishi mumkin – ekspertlar hisob-kitobi

Obuna bo‘lish
AQSh akulalarni himoya qilish guruhi mutaxassislari COVID-19ga qarshi vaksinani yaratish uchun qancha akula o‘ldirilishi mumkinligini hisoblashdi.

TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Kaliforniyada akulalarni himoya qilish guruhi ekspertlar koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarish uchun 500 ming bosh akula o‘ldirilishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti Telegraph gazetasiga asosan xabar qildi.

MDHda COVID-19’ga qarshi Rossiya vaksinasi paydo bo‘lishi mumkin - Sputnik O‘zbekiston
MDHda COVID-19’ga qarshi Rossiya vaksinasi paydo bo‘lishi mumkin

Ta’kidlanishicha, akula jigari hosil bo‘ladigan skvalen moddasi ayrim COVID -19 vaksinalarining tarkibiy qismi hisoblanadi.

Buyuk Britaniya GlaxoSmithKline farmatsevtika kompaniyasi grippga qarshi vaksina tayyorlashda akula jigaridan olinadi skvalen moddasidan foydalanadi.

Kompaniya may oyida koronavirusga qarshi vaksinalarda ushbu qo‘shilmani tayyorlash uchun milliard dozani ishlab chiqarish rejalashtirayotganini ma’lum qilgandi.

Shark Allies akula himoyachilari guruhi ma’lum qilishicha, dunyodagi barcha odamlar skvalen o‘z ichiga olgan  COVID-19 vaksina bilan emlanishi uchun taxminan 250 000 akulani o‘ldirish kerak bo‘ladi, agar har bir kishiga ikkita emlash kerak bo‘lsa, bu hisob ikki baravarga ko‘payadi.

Ammo, GlaxoSmithKline vakili kompaniyaning "atrof-muhit asrash tamoyillariga qat’iy rioya qilishi va iloji boricha muqobil xomashyo manbalaridan foydalanish yo‘llarini o‘rganishini" ta’kidladi.

Iyul oyi boshida Buyuk Britaniya hukumati ikki farmatsevtika kompaniyasi - Fransiyaning Sanofi va Britaniyaning GlaxoSmithKline (GSK) bilan 60 million doza COVID -19ga qarshi vaksina yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma tuzdi. Yil oxiriga qadar kompaniyalar koronavirusga qarshi vaksinani klinik sinovlarining uchinchi bosqichini boshlashga umid qilmoqda. Aprel oyida Sanofi va GlaxoSmithKline (GSK) kompaniyalari birgalikda koronavirusga qarshi vaksina yaratishini ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0