COVID-19 ga qarshi emlanishdan oldin nima qilmaslik lozim – Rospotrebnadzor

© Sputnik / Georgiy Zimarev / Mediabankka o‘tishVaksinatsiya vrachey ot koronavirusa v Krasnodare
Vaksinatsiya vrachey ot koronavirusa v Krasnodare - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Klinik sinovlarda sog‘lom ko‘ngillilar tanlab olishi kerak, lekin o‘z xastaliklarini yashirganlar ham bo‘ladi.

TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Koronavirusga qarshi emlanishdan oldin shifokorlarni o‘zida bo‘lgan kasalliklar haqida ogohlantirish darkor.

COVID-19 ga qarshi emlanishdan oldin xastalikni hecham yashirmaslik lozim, chunki bu nojo‘ya ta’sirlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu haqda Rospotrebnadzor epidemiologiya markaziy ilmiy-tadqiqot instituti direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Aleksandr Gorelov ma’lum qildi.

Vaksinatsiya dobrovolsev protiv COVID-19 v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
RFA prezidenti koronavirus ustidan g‘alaba qozonish omilini aytdi

“Bu bosqichda (klinik sinovlar – tahr.) sog‘lom ko‘ngillilar tanlab olishi kerak, lekin o‘z xastaliklari, barcha hamroh kasalliklarini yashirganlar ham bo‘ladi. Odamlar emlanishdan oldin kasalliklarini yashirmasliklari lozim”, - dedi Gorelov. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Shu bilan birga, emlangandan keyin fuqarolarda harorat ko‘tarilishi, lanjlik hissi va emlangan joyda qizarish va og‘riq kuzatilishi mumkin. Biroq bular tezda o‘tib ketadi, deya eslatdi Gorelov.

Barcha ehtimoliy nojo‘ya ta’sirlar preparatning annotatsiyasida keltirilgan.

Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi ishtirokchilariga tavsiyalar e’lon qilindi

Rossiya dunyodagi birinchi koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini avgust oyida ro‘yxatga oldi. U Gamaleya nomidagi markaz tomonidan yaratilgan va Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilmoqda. “Vektor” ilimy markati tomonidan yaratilayotgan ikkinchi vaksina oktabr oyida ro‘yxatga olinishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0