Olimlar koronavirusning eng aniq 3D-modelini yaratishdi – video

Obuna bo‘lish
Zamonaviy texnologiyalar yordamida SARS-CoV-2 virusi tuzilishini atomlar darajasida yaratish va avval unda ilg‘ab bo‘lmagan detallarni aks ettirishga muvaffaq bo‘lingan.

TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Saudiya Arabistoni podshohi Abdulloh nomidagi fan va texnologiyalar universiteti mutaxassislari koronavirusning eng aniq 3D-modelini ishlab chiqishdi.

Buning uchun olimlar mikroskop yordamida barcha mavjud suratlar va oqsil ma’lumotlari bazasini to‘plashdi.

Zamonaviy texnologiyalar yordamida SARS-CoV-2 virusi tuzilishini atomlar darajasida yaratish va avval unda ilg‘ab bo‘lmagan detallarni aks ettirishga muvaffaq bo‘lingan.

“Biz yaratgan model shunchaki lipid membranada ixtiyoriy ravishda joylashtirilgan oqsil tojlarni emas, balki virusning to‘liq tuzilishini namoyish qiladi”, - deydi olimlardan biri Ngan Nguyen.

Olimlar yaratilgan model virusni batafsilroq o‘rganishga, bu o‘z navbatida, unga qarshi dori vositalari ishlab chiqilishini tezlashtirishga imkon berishiga umid bildirishgan.

Yangiliklar lentasi
0