“Men saylovlarda g‘alaba qozondim” – Tramp

© AFP 2023 / BRENDAN SMIALOWSKIDonald Tramp
Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti Donald Tramp prezident saylovlarida g‘alaba qozonganligi haqida tvit yozdi. Twitter uning xabariga "rasmiy manbalarga" zid degan belgi qo‘ydi.

TOShKENT, 16 noya — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganligi haqida tvit yozdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Twitter uning xabariga "rasmiy manbalarga" zid degan belgi qo‘ydi.

Avvalroq Tramp prezidentlik saylovlaridagi raqibi, demokrat Jo Bayden "saylovlar soxtalashtirilganligi sababli g‘alaba qozonganini" aytgandi. Keyinchalik u saylovlarda mag‘lubiyatini tan olmasligini aytdi, uning so‘zlariga ko‘ra,  Bayden faqat "yolg‘onchi ommaviy axborot vositalari ko‘z o‘ngida g‘olib".

“Men saylovlarda g‘alab qozondim”, - deb yozdi prezident Twitter’da.

Uning tvitida "rasmiy manbalar bu saylovning boshqa natijalari to‘g‘risida xabar berilgan" deb belgilangan.

AQShda prezident saylovi 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Mavjud dalillarga asoslanib, Amerikaning yetakchi OAVlari Demokratlar partiyasidan nomzod Jo Bayden g‘alaba qozonganini e’lon qildi. Ko‘plab davlat yetakchilari uni g‘alaba bilan tabriklashmoqda. Shu bilan birga, Tramp saylovlar hali tugamaganligi, sudda o‘z g‘alabasini himoya qilmoqchi ekanligini aytdi.

Yangiliklar lentasi
0