Jahonda COVID-19ga chalinish holatlari 60,1 milliondan oshdi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishEkspress-testirovanie na COVID-19 v aeroportu Vnukovo
Ekspress-testirovanie na COVID-19 v aeroportu Vnukovo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xavfli infeksiya eng ko‘p tarqalgan ko‘rsatkichga ega mamlakatlar uchligiga Qo‘shma Shtatlar, Hindiston va Braziliya kirgan.

TOShKENT, 25 noya - Sputnik. Jahonda koronavirusga chalinganlik bo‘yicha tasdiqlangan holatlar 60,1 mlnga yetdi, deb xabar berilmoqda Worldometer - butunjahon statistika saytida.

Devushka vo vremya snegopada v Stambule, Tursiya  - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus sovuqda o‘zini qanday tutadi - shifokor javobi

25-dekabr holatiga ko‘ra, ushbu virus bilan zararlanish holatlari soni 60 105 740 nafarni tashkil etgan. Pandemiya qurbonlari soni esa – 1 414 868 nafarga yetgan.

Xavfli infeksiya keng tarqalgan ko‘rsatkichlar uchligiga AQSh, Hindiston va Braziliya davlatlari kirgan.

Qo‘shma Shtatlarda 12 955 007 koronavirus borligi o‘z tasdig‘ini topgan. O‘limlar soni esa – 265 891tani tashkil qilmoqda.

COVID-19 ko‘rsatkichi 9 222 216 kishini tashkil etgan Hindiston ikkinchi o‘rinda. Qurbonlar soni – 134 743 nafar.

Profilakticheskie meri protiv rasprostraneniya koronavirusa v Seule - Sputnik O‘zbekiston
Janubiy Koreyada koronavirus 3-to‘lqini boshlandi

Braziliya 6 121 449 bemorlanganlar bilan uchinchi o‘rinni egallagan, vafot etganlar soni – 170 179 nafar.

Shuningdek, koronavirus eng ko‘p tarqalgan davlatlar o‘ntaligiga Fransiya, Rossiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Italiya, Argentina, Kolumbiya ham kirgan.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirusi tarqalishini pandemiya, deb e’lon qilgan edi. Tashkilot davlatlarni infeksiyaga qarshi kurashda faol ishtirok etishga chorlagan.

O‘zbekistonda 25-noyabr holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 72 039 nafarni tashkil etmoqda. 605 kishi ushbu infeksiya qurboniga aylangan.

Yangiliklar lentasi
0