Bayden prezident bo‘lish uchun saylovchilar hay’atining yetarli ovozini oldi

© REUTERS/Kevin LamarqueDjo Bayden
Djo Bayden - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh saylovchilar hay’ati mamlakatda bo‘lib o‘tgan ovoz berish yakunlarini tasdiqladi, unga ko‘ra Jo Bayden yangi davlat rahbari bo‘ladi.

TOShKENT, 15 dek — Sputnik. AQSh prezidentligiga nomzod Jo Bayden saylovchilar hay’atining (Electoral College) 306 ta ovoziga ega bo‘lgan. Prezidentlikka saylanish uchun ularning 270 ovozi yetarli hisoblanadi.

Djo Bayden - Sputnik O‘zbekiston
Bayden o‘z prezidentligining birinchi 100 kuni haqida gapirdi

Barcha shtatlardagi saylovchilar hay’atining ovoz berish jarayonlari yakunlanib, bir necha haftadan buyon taxmin qilinganidek, Bayden 306 ta, Tramp esa 232 ta ovozga ega bo‘ldi.

Shu tariqa saylovchilar hay’ati mamlakatda bo‘lib o‘tgan ovoz berish yakunlarini tasdiqladi, unga ko‘ra Bayden yangi davlat rahbari bo‘ladi.

Yangi saylangan AQSh prezidenti Jo Bayden saylovchilar hay’atining ovoz berish yakunlarini uning amaldagi Amerika yetakchisi Donald Tramp ustidan qozongan “aniq g‘alabasi” deb atadi va raqibini hurmat ko‘rsatishga chaqirdi.

Donald Tramp mag‘lubiyatni tan olmayapti va natijalar ustidan shikoyat keltirmoqda, ammo hozircha hech bir sud uni qo‘llab-quvvatlamadi.

Yangiliklar lentasi
0