Bayramingiz bilan "nomaqbul" Rossiya matbuotchilari! – TIV

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishMinisterstvo inostrannix del Rossii
Ministerstvo inostrannix del Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya haqiqiy demokratiya, fikr va OAV erkinligini bosqichma-bosqich himoya qilib kelmoqda. Afsuski G‘arbda ushbu qadriyatlar so‘nggi vaqtlarda tobora cheklanmoqda.
TOShKENT, 13 yanv - Sputnik. Bugun Rossiyada matbuotchilar kuni. Ushbu munosabati bilan Tashqi ishlar vazirligi OAV xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi.
TIV tabriknomasida, jurnalist kasbi Rossiyada har doim alohida va muhim ahamiyatga ega bo‘lganini, voqealarning tezkor va chuqur tahlil qilish qobiliyati bugungi kunda Rossiyadagi har bir jurnalistga xos ekani qayd etib o‘tilgan.
Rossiya so‘z erkinligini, axborotni olish va OAV faoliyati erkinligini bosqichma-bosqich va sabot bilan himoya qilib kelmoqda. Afsuski G‘arbda ushbu sohani qattiq nazorat ostiga olish, alternativ nuqtayi nazar aks etgan nashrlar faoliyatini va jurnalistlar huquqlarini cheklash hamda nomaqbul OAVlarga bosim o‘tkazish - odatiy holatga aylanib bormoqda, deyilgan TIV tabriknomasida.
Masalan, Ukrainada jurnalistlar xavfsizligi jiddiy bezovtalik  uyg‘otmoqda. Rossiya xalqaro hamjamiyat e’tiborini ushbu ulkan muammoga bir necha bor qaratgan edi. Xususan, jurnalistlar Anatoliy Klyan, Anton Voloshin, Igor Kornelyuk, Andrey Stenin, Andrea Rokkelli, Oles Buzina, Sergey Dolgov, Vacheslav Veremiya va Pavel Sheremetlarning o‘ldirilishi va ushbu holatlar yuzasidan ochilgan jinoyat ishlarida hech qanday natija yo‘qligi borasida.
Zdanie MID Rossii. - Sputnik O‘zbekiston
TIV Latviyada Sputnik va Baltnews jurnalistlarining hibsga olinishini keskin qoraladi
Undan tashqari, Boltiqbo‘yi davlatlarida ham jurnalistlar huquqlari buzilish holatlari juda ko‘p uchramoqda.  Xususan, 2019-yilda Litva parlamenti “Sputnik-Litva” saytiga kirishni cheklab qo‘ygan edi. Agentlikning bosh muharriri M.Kasem mamlakatdan besh yilga chiqarib yuborilgan edi.
“Sputnik-Estoniya” 2020-yiling 1-yanvaridan boshlab jinoiy javobgarlikka tortilish tahdidi ostida faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ldi.
Latviyada esa “RT” guruhining 7ta kanali retranslyatsiyasini va “Birinchi Boltiq kanali” telekanali faaoliyatini to‘xtatgan edi. Latviya xavfsizlik xizmati “Sputnik-Latviya” va Baltnews portalining 7ta xodimini hibsga olgan edi.
Rossiya ushbu tajovuzkor harakatlarni demokratik jamiyat asoslari bo‘lgan – fikr erkinligi va OAV erkinligi buzish deb hisoblaydi.
Rukovoditel Sputnik Estoniya Yelena Cherisheva  - Sputnik O‘zbekiston
Sputnik Estoniya bosh muharriri OBSEga OAVga bosim haqida so‘zladi
Rossiya Davlat Dumasi deputatlari 2020-yilning 24-dekabrida Yevropa davlatlari parlamentlariga murojaat qilib Latviya tomonidan yo‘l quyilgan qonunbuzarlik holatlariga munosib baho berishni, so‘z erkinligi va OAV erkin faoliyatini ta’minlash borasida ular o‘z zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlarni bajarishni talab qilishdi.
Shuningdek Tashqi ishlar vazirligi Amerika raqamli platformalarining Rossiya OAVlari sahifalarini ommaviy bloklashi va kontentlarni o‘chirib tashlashi so‘nggi vaqtlarda tizimli tus olgan va haqiqiy senzuraga aylangan. Raqamli OAV monopolistlarining ushbu harakatlarida yaqqol siyosiy mantiq kuzatilmoqda. Ularning maqsadi - Amerika tashqi siyosiy ko‘rsatmalarini amalga oshirish va G‘arb meynstrimiga raqobatchi bo‘lgan muqobil nuqtayi nazarlarni global efirdan chiqarib tashlashdir.
Rossiya bunday yondashuvga mutlaq qarshi va universal erkinlik prinsiplari hamda erkin OAV tarafdoridir. Biz haqiqiy demokratiya va so‘z erkinligi prinsiplari g‘alaba qozonishiga ishonamiz.
Produser Nikol Russel, osveshavshaya protest u Belogo Doma, postradala ot zaradov rezinovix pul i slezotochivogo gaza - Sputnik O‘zbekiston
AQShda politsiyachilar Sputnik produseriga qarata bir necha bor o‘q uzdi
Ma’lumot uchun, Rossiyada matbuotchilar kuni 13 yanvarda nishonlanishi bejiz emas. 1703-yilning 13-yanvar kuni Rossiyada birinchi yozma matbuot – “Vedomosti” gazetasi bosib chiqarila boshlagan. Gazetaning birinchi soni “Moskva davlati va atrofdagi mamlakatlarda harbiy va boshqa ishlar qaydnomasi” deb nomlangan.
Shundan so‘ng yil sayin Rossiyada chop etilayotgan gazeta va jurnallar soni oshib borgan. 20-asr boshiga kelib Rossiyada 916ta gazeta va 1351ta jurnal chop etilgan. 1904-yilda Sankt-Peterburgda birinchi telegraf agentligi tashkil qilingan. Keyinchalik uning asosida ITAR-TASS paydo bo‘lgan. 1989-yilda esa – 5295ta jurnal va 8532ta gazeta nashrdan chiqqan. Bugungi kunda esa Rossiyada - 42 861ta davriy nashrlar faoliyat yuritmoqda.
Yangiliklar lentasi
0