Ayol kishi ilk bor JSTga rahbar etib tayinlandi

© AFP 2023 / FABRICE COFFRINILogotip VTO
Logotip VTO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.02.2021
Obuna bo‘lish
Nigeriyalik iqtisodchi Ngozi Okonjo-Iveala ushbu lavozimni egallagan birinchi afrikalik va qora tanli ayol bo‘ldi.
TOShKENT, 18 fev - Sputnik. Butunjahon savdo tashkilotiga ilk bor ayol kishi rahbarlik qiladi. JST bosh kengashi shunday qarorni qabul qildi.
Logotip VTO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.11.2019
JST O‘zbekiston uchun yangi bozorlar, yoxud milliy ishlab chiqaruvchiga zarba
Nigeriyalik 66 yashar iqtisodchi Ngozi Okonjo-Iveala ushbu lavozimni egallagan birinchi afrikalik va qora tanli ayol bo‘ldi.
U 1-mart sanasidan JST rahbari sifatida lavozimga kirishadi va tashkilotning yettinchi bosh direktoriga aylanadi. Ngozi Okondjo-Ivealaning bu lavozimdagi faoliyati 2025-yilning 31-avgustida yakunlanadi.
Eslatib o‘tish joizki, Amerikaning oldingi - Donald Tramp boshchiligidagi ma’muriyati Ngozi Okonjo-Ivealaning tayinlanishiga qarshilik bildirib kelgan. AQShning sobiq prezidenti agar bu ayol tayinlanadigan bo‘lsa, mamlakatni tashkilotdan chiqarish bilan qo‘rqitgan. Biroq Bayden jamoasi Okondjo-Iveala nomzodini qo‘llab quvvatlagan.
Rukovoditel otdela ekonomiki Instituta stran SNG Aza Migranyan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2019
AQSh siyosati tufayli JST o‘z qudrati va ahamiyatini yo‘qotmoqda - Migranyan
Ayni vaqtda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Ivealaga ushbu yuksak va mas’uliyatli lavozimga tayinlangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi.
Davlat rahbari o‘z maktubida yangi bosh direktor rahbarligida ushbu tashkilotning o‘rni va nufuzini oshirish borasidagi samarali islohotlar amalga oshirilishi hamda global inqirozni bartaraf etish va xalqaro savdo munosabatlari tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rilishiga ishonch bildirdi.
Maktubda mamlakat tez fursatda JSTga a’zo bo‘lishi masalasida yaqindan hamkorlikni davom ettirish muhim ekani alohida ta’kidlangan.

 
 
Yangiliklar lentasi
0