Lukashenko koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasini eng samarali deb atadi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident Belarusi Aleksandr Lukashenko na vstreche s glavoy RF Vladimirom Putinim
Prezident Belarusi Aleksandr Lukashenko na vstreche s glavoy RF Vladimirom Putinim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.02.2021
Obuna bo‘lish
Belarus prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda COVID-19ga qarshi Rossiya vaksinasini dunyodagi eng samarali deb atadi.
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko COVID-19ga qarshi Rossiya vaksinasini dunyodagi eng samarali deb atadi. Bu haqda u Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Prezident Mejdunarodnoy federatsii fextovaniya biznesmen Alisher Usmanov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.02.2021
Alisher Usmonov O‘zbekiston uchun 500 mingta vaksina xarid qiladi
“Eng samarali vaksina – bu Rossiya vaksinasi. Bu butun dunyoda tan olingan... Bu eng samarali vaksinadir”, - dedi Lukashenko Sochidagi uchrashuv avvalida. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
U Rossiya texnologiyalari asosida “Sputnik V” vaksinasini Belarusda ishlab chiqarish mart oyida boshlanishini qo‘shimcha qildi.
“Bu jiddiy ko‘mak, agar bu bo‘lmaganda, emlash borasida qiyinchilikka duch kelardik”, - dedi Lukashenko.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Gamaleya ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan dunyodagi birinchi koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasi O‘zbekistonda ham sertifikatlashtirilgan holda ommaviy qo‘llash jarayoniga ruxsat etilgan. Bugungi kunda hukumat ushbu vaksinadan 1 million doza xarid qilish yuzasidan choralar ko‘rmoqda.
Yangiliklar lentasi
0