Saudiyalik jurnalist Xashoggining Istanbulda o‘ldirilishi - AQSh merosxo‘r shahzodani aybladi

© AP Photo / Lefteris PitarakisPortret saudovskogo jurnalista Djamalya Xashukdji v Stambule
Portret saudovskogo jurnalista Djamalya Xashukdji v Stambule - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.02.2021
Obuna bo‘lish
Razvedka ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda qaror qabul qilish ustidan nazorat darajasi shu qadar yuqoriki, bu singari ishlar shahzodaning "oq fotihasi"siz ro‘y berishi mumkin emas.
TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Jurnalist Jamol Xashoggining Istanbulda qo‘lga olinishi yoki o‘ldirilishi bo‘yicha operatsiya 2018-yilda Saudiya Arabistoni merosxo‘r shahzodasi Muhammad bin Salmon tomonidan shaxsan ma’qullangan. Bu haqda AQSh Milliy razvedkasi direktori ofisi dokladida aytilgan. RIA Novosti xabari asosida.
Glava MID Tursii Mevlyut Chavushoglu na vstreche s glavoy vneshnepoliticheskogo vedomstva RF Sergeyem Lavrovim v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.11.2018
Chavushoglu jurnalist Xashoggi musiqa sadolari ostida burdalangan, degan fikrda
Razvedka ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda qaror qabul qilish ustidan nazorat darajasi shu qadar yuqoriki, bu singari ishlar shahzodaning "oq fotihasi"siz ro‘y berishi mumkin emas.
"Merosxo‘r shahzoda Xashoggini qirollik uchun tahdid deb bilgan va zarurat tug‘ilganida, uning og‘zini yopish uchun zo‘ravonlik choralari qo‘llanilishini keng qo‘llab-quvvatlagan", - deyiladi doklad matnida.
Unda aytilishicha, saudiyalik amaldorlar operatsiyaga oldindan tayyorgarlik ko‘rishgan, AQSh "Xashoggi qotilligida "katta ehtimol bilan" qo‘li bor deb gumonlayotgan" 21 kishidan iborat ro‘yxat ham keltirilgan. Shu bilan birga, razvedka ushbu aloqador shaxslar operatsiya finali qanday bo‘lishini oldindan bilishgan, degan fikrni ta’kidlay olmaydi.
Djamal Xashoggi so svoyey nevestoy Xatis Sengiz - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2018
Jamol Xashoggi qotilligida saudiya bosh konsulining qo‘li bor - OAV
Razvedkaning ushbu dokladi e’lon qilinganidan so‘ng, AQSh davlat kotibi Entoni Blinken "Xashoggi ta’qiqi" kiritilishi haqida e’lon qildi.
"Bu chet el hukumatlari vakili bo‘la turib, dissidentlarga, jumladan, o‘z ishi tufayli dissidentlar hisoblanuvchi jurnalistlar, faollar yoki boshqa shaxslarni bostirish, ta’qib qilish, kuzatish, qo‘rqitish yoki boshqa ziyon yetkazish singari jiddiy eksteritorial harakatlarda qatnashgan shaxslarga viza cheklovlarini kiritish imkonini beradi", - deydi amaldor.
Doklad e’lon qilinganidan so‘ng o‘ldirilgan jurnalistning rafiqasi Xatija Jengiz Twitter da #justiceforjamal ("Jamol uchun adolat") xeshtegini joylashtirdi.
BMTning suddan tashqari qatllar bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Anyes Kallamar AQShni Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonga qarshi sanksiyalarni qo‘llashga chaqirdi.
Portret saudovskogo jurnalista Djamalya Xashukdji v Stambule - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2020
Jurnalist Xashoggining o‘limida ayblanganlar ustidan hukm chiqarildi
"Qo‘shma Shtatlar hukumati valiahd shahzodaga, boshqa jinoyatchilarga bo‘lgani kabi, uning shaxsiy aktivlariga, shuningdek xalqaro majburiyatlariga nisbatan ham sanksiyalarni qo‘llashi kerak", - deyiladi bayonotda.
O‘z navbatida, Saudiya Arabistoni hukumati AQSh razvedkasining merosxo‘r shahzoda Xashoggi qotilligiga aloqadorligi to‘g‘risidagi dokladi xulosalarini rad etdi.
"Saudiya Arabistoni Qirolligi hukumati hisobotda keltirilgan Qirollik rahbariyatiga berilgan negativ, yolg‘on va maqbul bo‘lmagan bahosini butunlay rad etadi va hisobotda noaniq ma’lumotlar va xulosalar bo‘lganligini ta’kidlaydi", - deyiladi TIV bayonotida.
Yaqin sharq qirolligi Tashqi ishlar vazirligi shuningdek, AQSh va qirollik o‘rtasida "mustahkam sheriklik" mavjudligini qayd etib o‘tgan.
Jamal Xashoggi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.06.2019
BMT maxsus ma’ruzachisi Xashoggi dokladi bo‘yicha Ar-Riyod bilan sudlashishga tayyor

Konsullikda yuz bergan qotillik

Taniqli saudiyalik jurnalist Jamol Xashoggi 2017-yildan AQShda istiqomat qilgan va Washington Post gazetasida faoliyat yuritgan. U 2018-yilning oktabrida Istanbulda o‘ldirilgan edi. Avvaliga saudiya hukumati uning Saudiya Arabistoni Qirolligi konsulligi hududida g‘oyib bo‘lganini to‘liq rad etgan, ammo video- va audio yozuvlarning paydo bo‘lganidan so‘ng Xashoggi "konsullik xodimlari bilan yuz bergan mojaro oqibatida o‘ldirilganligini" tan olishdi.
Turkiya politsiyasi jurnalist jasadini topa olmadi.
Arab matbuoti, Saudiya Arabistoni hukumati harakatlarini tanqid qilgan Xashoggini o‘ldirish buyrug‘i qirollikdagi taxt uchun da’vogar - valiahd shahzoda tomonidan berilgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi versiyalarni ilgari surgan edi. Biroq, Qirollik Tashqi ishlar vazirligi valiahd shahzodaning bu jinoyatga mutlaqo aloqasi yo‘qligini ta’kidlab kelgan.
 
Yangiliklar lentasi
0