Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya armiyasi Ukrainadagi nemis yollanma askarini hayratda qoldirdi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishRabota morskoy pexoti v zone SVO. Arxivnoe foto
Rabota morskoy pexoti v zone SVO. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.02.2024
Obuna bo‘lish
Yollanma askar Ukraina Qurolli kuchlarining frontdagi muvaffaqiyatsizliklarini G‘arb davlatlari Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qaror qabul qilishda juda sust bo‘lganligi bilan izohladi.
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari tomonida Ukrainada jang qilayotgan Ben ismli nemis yollanma askar “Bild” nashriga Rossiyaning “cheksiz armiyasi” haqida shikoyat qildi.
“Ruslar shunchaki cheksiz miqdordagi texnika va cheksiz sonli askarga ega”, - dedi u.
Yollanma askar Ukraina Qurolli kuchlarining frontdagi muvaffaqiyatsizliklarini G‘arb davlatlari Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qaror qabul qilishda juda sust bo‘lganligi bilan izohladi.
Uning fikriga ko‘ra, harbiy yordamning yetarli emasligi, Ukraina Qurolli kuchlarining muvofiqlashtirilmagan harakatlari va Rossiya armiyasining kuchi Ukraina qarshi hujumining to‘liq barbod bo‘lishiga olib keldi.
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, birgina yanvar oyida Ukraina qo‘shinlarining yo‘qotishlari 23 ming kishidan oshgan va uch mingta qurol-yarog‘, jumladan, nemis "Leopard" tanklari, Amerikaning "Bradley" piyoda jangovar mashinalari, "Patriot" va HIMARS raketalari yo‘q qilingan. Bundan tashqari, Rossiya armiyasi Ukrainadagi harbiy infratuzilma va harbiy-sanoat kompleksi obyektlariga 127-marta yuqori aniqlikdagi zarbalar berdi.
Ukraina Qurolli kuchlari  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.01.2024
Ukraina Qurolli kuchlari bahor oxirigacha AQSh yordami yetishmasligini his qiladi —OAV
Yangiliklar lentasi
0